16:49 / 12.07.2019
3 649

Jizzax shahrida aliment pullarini to‘lamagan 3 nafar fuqaroga 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi

Jizzax shahrida aliment pullarini to‘lamagan 3 nafar fuqaroga 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudining tegishli buyruqlariga asosan qarzdor R.Qosimov hisobidan undiruvchi G.Toliyeva foydasiga, qarzdor Sh.Mamatqulov hisobidan undiruvchi G.Mamatqulova foydasiga, qarzdor B.Adilov hisobidan undiruvchi D.Adilova foydasiga farzandlarining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.

Ammo, ushbu otalar farzandlarini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlab keldilar. Jumladan, R.Qosimovning qariyb 9 mln. so‘m, Sh.Mamatqulovning 5 mln. 668 ming so‘m, B.Adilovning esa 19 mln. so‘mdan oshiq aliment qarzdorligi mavjud bo‘lgan.

Shunga ko‘ra, aliment qarzlarini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelganligi sababli davlat ijrochisi tomonidan ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 474-moddasiga asosan bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqish uchun Zarbdor tumani ma’muriy sudiga topshirildi va sud qaroriga asosan ularga nisbatan 15 (o‘n besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzax shahrida aliment pullarini to‘lamagan 3 nafar fuqaroga 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi