09:28 / 13.07.2019
3 940

Aziza Umarova: "Menga nisbatan qoralovchi kampaniya boshlandi"

Aziza Umarova: "Menga nisbatan qoralovchi kampaniya boshlandi"
Foto: Spot
«O‘zbekiston havo yo‘llari»ning monopoliyasi haqida yozgan Smartgov Consulting byurosi ijrochi direktori, jamoat arbobi Aziza Umarova ijtimoiy tarmoqlarda o‘ziga nisbatan qoralovchi kampaniya boshlanganini ma’lum qildi deb yozadi Daryo nashri.

Qandaydir manfaatdor tomon menga qarshi qoralovchi kampaniyani boshlabdi. Botlar kuchidan foydalangan holda men va oilamga tegishli yolg‘on ma’lumotlar tarqatilyapti. Xususan, bo‘hton materillarni tarqatayotgan bir nechta Telegram-kanallarga pul to‘langan. Shuningdek, ayrim blogerlarga pul evaziga men haqimda salbiy ma’lumot joylashtirish taklifi bildirilmoqda. Odamlar bu kabi «buyurtma»lar natijasida obro‘si tushishini bilib, buni rad etmoqda.

Postlar ostidagi izohlarda o‘nga yaqin troll aylanib yuribdi. Xususan, meni qoralovchi va harakatlarimni shubha ostiga qo‘yuvchi fikrlar faol ravishda yozib qoldirilmoqda:

- Xuddiki men «O‘zbekiston havo yo‘llari» kompaniyasi direktorining o‘rinbosari bo‘lishni istaganman va endi alamimni olyapman;
- «O‘zbekiston havo yo‘llari» kompaniyasiga moliyaviy qiziqishim bordek;
- Senatdagi go‘yo aloqalarim haqida;
- Tabiatan ayyorligim borasida;
- «O‘zbekiston havo yo‘llari» haqida yozishga majbur etayotgan qandaydir xorijliklar haqida.

Yuqoridagi bandlarning birortasi haqiqatga yaqin emas. Barcha xulosalarim ekspert sifatidagi uzoq muddatli o‘rganishlarim va «O‘zbekiston havo yo‘llari» islohotlari hamda Transport vazirligini tuzish doirasida faoliyatim asosida chiqarilgan.

Aziza Umarova, jamoat arbobi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Aziza Umarova: "Menga nisbatan qoralovchi kampaniya boshlandi"