09:53 / 13.07.2019
2 921

Sotuvchining chalg‘iganidan foydalanib, 1,5 mln so‘m pulini o‘g‘irlab ketishdi

Sotuvchining chalg‘iganidan foydalanib, 1,5 mln so‘m pulini o‘g‘irlab ketishdi
Foto: Ichki ishlar vazirligi
2019 yil 11 iyul kuni soat 11:00 larda Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi 28 yoshli N.T. ismli ayol Chust shahrida joylashgan «Chust dehqon» bozori savdo rastasida savdo qilayotgan vaqtida 2 noma’lum shaxs uning chalg‘iganligidan foydalanib, 1 500 000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketgan, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qiladi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni muqaddam sudlanganlar Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahri Paxtakor ko‘chasida yashovchi 27 yoshli Sh.J. va Qo‘qon shahar Muqimiy ShFYda yashovchi 26 yoshli A.G‘.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sotuvchining chalg‘iganidan foydalanib, 1,5 mln so‘m pulini o‘g‘irlab ketishdi