Izboskanlik fermerning dalasida paxta ochildi

  • 13 iyul 2019, 10:35
  • 1 084
  • Jamiyat
  • Izboskanlik fermerning dalasida paxta ochildi
    Foto: Andijon viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi
    Andijon viloyatining Izboskan tumanidagi «Tillaboyev oltin dalasi» fermer xo‘jaligi dalalarida g‘o‘zadan oppoq paxtalar ko‘rindi. Bu haqda viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasiga tayanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.

    Fermer xo‘jaligi rahbari Kozimjon Mamadaliyevning aytishicha, joriy yilning 8 mart kuni xo‘jalikning 39,1 gektar maydoniga chigitning «Andijon-36» navi egatga plyonka asosida ekilgan. 18 mart sanasida chigitlar unib chiqqan bo‘lsa, 28 mayda gul ko‘rsatgan. 7 iyun kunidan boshlab esa ko‘saklar paydo bo‘lgan. Hozir g‘o‘za poyasida o‘rtacha 17—18 donadan ko‘sak bor.

    Boshqarmaning ma’lum qilishicha, joriy yilda g‘o‘zadan oppoq paxtalar o‘tgan yilga nisbatan 15 kun oldin ochilgan. 2018 yil iyul oyining so‘nggi kunlarida Shahrixon tumanidagi «Qashqar diyori» fermer xo‘jaligi dalalarida paxta ochilgandi.

    » » Izboskanlik fermerning dalasida paxta ochildi