Foto: Ichki ishlar vazirligi
2019 yil 8 iyul kuni Navoiy shahrida yashovchi 40 yoshli J.N. respublika huquqni muhofaza qiluvchi organiga murojaat qilib, unda Navbahor tumanida yashovchi 50 yoshli A.X. va Qiziltepa tumanida yashovchi 55 yoshli R.Ya.lar unga «2019 yil Obod qishloq» Davlat dasturiga asosan Konimex tumani Ko‘kcha massivida qurilishi rejalashtirilgan 4 ta qurilish ob’ektlari uchun Konimex tuman hokimi nomidan kafolat xati olib berish evaziga undan 50 000 AQSh dollari talab qilayotganliklarini ma’lum qilgan, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qiladi.
Mazkur murojaat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida A.X. va R.Ya.lar Navoiy shahrida joylashgan «Tojmahal» kafesida J.N.dan 50 000 AQSh dollarini olayotgan vaqtlarida ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi