12:20 / 13.07.2019
2 895

Toshkent shahar ichki ishlar organlarining 11 ta boshqarmasi apparati qisqartiriladi

Toshkent shahar ichki ishlar organlarining 11 ta boshqarmasi apparati qisqartiriladi
2019 yil 12 iyul kuni Oliy Majlis Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining Ichki ishlar vazirligi faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishni baholashning asosiy mezonlarida belgilangan maqsadli vazifalar ijrosi bo‘yicha 2019 yil birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotni eshitishga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabariga ko‘ra, 2019 yil davomida Ichki ishlar vazirligi zimmasiga 47 ta maqsadli vazifa yuklangan bo‘lib, shundan 24 ta topshiriqning bajarish muddati 2019 yilning birinchi yarim yilligi etib belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan taqdim qilingan ma’lumotlarga asosan o‘tkazilgan tahlillar natijasida 2019 yilning I choragi davomida bajarilishi lozim bo‘lgan topshiriqlardan 3 tasining ijrosi to‘laqonli ta’minlanmaganligi aniqlangan.

Xususan, shaxsiy tarkib sonini 361 ta birlikka oshirish to‘g‘risida Ichki ishlar vazirligining buyrug‘ini qabul qilish hamda Toshkent shahar ichki ishlar organlarining 11 ta boshqarmasi apparatini qisqartirish hisobiga Toshkent shahar ichki ishlar bo‘linmalarining shaxsiy tarkib sonini 361 taga (20 foizga) oshirish belgilangan bo‘lsa-da, vazirlikning tegishli buyrug‘i o‘z vaqtida qabul qilinmagan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Xotin¬-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, boshqa jamoat tashkilotlari va idoralari bilan birgalikda huquqbuzarliklarning oldini olish va xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik darajasini kamaytirish bo‘yicha birgalikdagi harakatlar rejasini ishlab chiqish va qabul qilish belgilangan. Biroq ushbu vazifa ham o‘z vaqtida bajarilmagan.

Bundan tashqari, vazirlik zimmasiga uyushmagan yoshlar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish yuzasidan kompleks chora¬tadbirlar ishlab chiqib, tasdiqlash vazifasi yuklatilgan. Lekin uning ijrosi ta’minlanmagan.

Majlisda ta’kidlanganidek, hozirgi vaqtda Ichki ishlar vazirligi tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tizim ish samaradorligi va natijadorligi oshishini, vazirlik faoliyatini yanada kuchaytirish uchun zarur chora-tadbirlar ko‘rish lozimligini ko‘rsatmoqda. Majlis ishtirokchilari aytib o‘tilganlardan kelib chiqib, aniq taklif va tavsiyalar bildirdilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahar ichki ishlar organlarining 11 ta boshqarmasi apparati qisqartiriladi