18:47 / 13.07.2019
3 446

“Matiz” avtomashinasi “MAN”ga borib urilishi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi

“Matiz” avtomashinasi “MAN”ga borib urilishi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi
2019 yil 13 iyul kuni soat 03.30larda Toshkent shahrining Mirobod tumani Qo‘yliq ota ko‘chasida yashagan 35 yoshli T.N. boshqaruvidagi «Matiz» rusumli avtomashinasini Yangi Yunusobod ko‘chasida haydab ketayotib, yo‘lning o‘ng chetida to‘xtab turgan «MAN» rusumli yuk avtomashinasining orqa qismiga urilib, to‘qnashuv sodir etgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Natijada «Matiz» avtomashinasi haydovchisi T.N. va uning yo‘lovchisi, Yunusobod tumani 18-dahada yashagan 32 yoshli J.Z. jarohat olib, voqea joyida vafot etishgan. Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Matiz” avtomashinasi “MAN”ga borib urilishi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi