O‘quvchilarni psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash ishlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Qaror bilan Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus davlat ta’lim muassasalarida psixologik xizmat faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, psixologik xizmatning asosiy vazifasi o‘quvchilarning qobiliyati, layoqati, qiziqishlari hamda kasb-hunarga moyilliklari asosida to‘g‘ri kasb-hunar tanlashlariga ko‘maklashishdir.
Psixologik xizmat o‘quvchilar sonidan kelib chiqib 1-3 shtat birligidan iborat tarkibda tashkil etiladi.
Psixolog kadrlar soni bir nafardan ortiq bo‘lganda ulardan biriga psixologik xizmat rahbarligi yuklanadi.
Ta’lim muassasalarida psixolog kadrlar uchun haftasiga 36 soatli ish tartibi joriy etiladi.
Qaror bilan shuningdek, psixolog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi belgilandi.
Unga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari psixolog kadrlari har besh yilda, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari psixolog kadrlari har uch yilda bir marta attestatsiyadan o‘tkaziladi.
Psixolog kadrlarning malaka toifalari bir ta’lim muassasasidan boshqasiga ishga o‘tganda saqlanadi.
Attestatsiya har yili mart-iyun oylarida o‘tkaziladi.
Oliy va birinchi malaka toifalariga talabgor psixolog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazganlik uchun eng kam oylik ish haqining 1 baravari (202 ming 730 so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?