Toshkentdagi xonadonda yong‘in yuz berib, qo‘shni ikki uyga ham o‘tdi

  • 14 iyul 2019, 13:57
  • 853
  • Jamiyat
  • Toshkentdagi xonadonda yong‘in yuz berib, qo‘shni ikki uyga ham o‘tdi
    Foto: Toshkent shahar yong‘in xavfsizligi boshqarmasi
    13 iyul kuni soat 16:33 da Olmazor tumani, Mirzo G‘olib ko‘chasidagi 6-uyning ichki va tom qismi 150 kvadrat metr maydonida yondi. Yong‘in shu ko‘chadagi 4-uy va Nozimaxonim ko‘chasidagi 2-uyning tom qismlariga ham tarqaldi. Bu haqda Toshkent shahar yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabar bermoqda.

    Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 16:41da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 17:03da qurshab olinib, soat 17:21 da bartaraf etilgan.

    Yong‘in 6-uyda elektr simlarni qisqa tutashuvi oqibatida sodir bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda. Keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Hodisa joyiga 6 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan. Bu haqda kech xabar berilganligi sababli jangovar bo‘linmalar chaqirilgan manzilga yetib kelganida yong‘in maydoni 200 kvadrat metrni tashkil etgan.

    Sodir bo‘lgan yong‘inda insonlar halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.

    » » Toshkentdagi xonadonda yong‘in yuz berib, qo‘shni ikki uyga ham o‘tdi