17:29 / 14.07.2019
2 871

447 mln. so‘mlik obekt zarar qoplanmaganligi bois Byuro tomonidan auksionga chiqarildi

447 mln. so‘mlik obekt zarar qoplanmaganligi bois Byuro tomonidan auksionga chiqarildi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Zafarobod tuman sudining ijro varaqasiga asosan R.Narziyevdan undiruvchi N.Qobilova foydasiga 68 mln. 417 ming so‘m zarar undirish belgilangan.

Ammo, qarzdor shaxs yetkazilgan zararni to‘lashni ortga surib keldi. R.Narziyev faqatgina 7 mln. 571 ming so‘m zarar pullarini to‘lagan xolos.
Shundan so‘ng, Majburiy ijro byurosi Forish tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borildi.

Ya’ni, qarzdor fuqaroga tegishli bo‘lgan Forish tumani, Xonbandi MFYda joylashgan umumiy ovqatlanish shahobchasi binosi xatlandi.
Ushbu bino mutaxassisning xulosasiga ko‘ra, 447 mln. 543 ming so‘mga baholangan va belgilangan tartibda sotish uchun “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasiga chiqarilishi ta’minlandi.

Endilikda, yetkazilgan zarar pullari xatlangan mol-mulk sotuvidan tushgan pul mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 447 mln. so‘mlik obekt zarar qoplanmaganligi bois Byuro tomonidan auksionga chiqarildi