20:20 / 14.07.2019
3 806

O‘zbekistonda «Va’da» loyihasi ishga tushirildi

O‘zbekistonda «Va’da» loyihasi ishga tushirildi
O‘zbekistonda «Va’da» loyihasi ishga tushirildi.

«Mazkur resursda amaldorlar, tadbirkorlar, olimlar, san’at vakillari va boshqalar tomonidan berilgan va’dalar monitoringi olib boriladi. Bizning resurs har bir manfaatdor fuqaroga mamlakatda rejalashtirilgan tadbirlar haqida kengroq xabardor bo‘lish, va’da beruvchi shaxslarga esa bergan majburiyatlarini eslatishga imkon beradi degan umiddamiz», — ta’kidlaydi loyiha mualliflari.

Saytda «Va’dalar hisoblagichi» yo‘lga qo‘yilgan. Unda loyiha orqali hozircha qamrab olingan 24 va’dadan atigi 3 tasi bajarilgani, 12 tasi amalga oshirilayotgani, 9 tasi bajarilmagani qayd etilgan.

Bajarilmagan va’dalar qatorida O‘zbekistonda milliy loukoster, Toshkent metrosining barcha bekatlarida esa Wi-Fi paydo bo‘lishi, jurnalistlar uchun ID-kartalar joriy etilishi, yo‘l-patrul xizmati xodimlari videokameralar bilan xizmat o‘tashi, internet tezligi keskin oshishi, haj va umraga onlayn yozilish mumkinligi kabi majburiyatlar keltirib o‘tilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda «Va’da» loyihasi ishga tushirildi