07:48 / 15.07.2019
4 015

Rekord. Surxondaryoda 80 yoshli otaxon OTMga hujjat topshirdi (video)

Rekord. Surxondaryoda 80 yoshli otaxon OTMga hujjat topshirdi (video)
Angor tuman Davlat xizmatlari markazi orqali 80 yoshli otaxon Sultonov To‘xtamish bobo oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirdi.

To‘xtamish bobo Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining davolash va pediatriya ishi va Samarqand davlat universitetining Biologiyani o‘qitish metodikasi yo‘nalishini tanlagan.

Ushbu abituriyent shunday qilib O‘zbekistondagi eng yoshi ulug‘ da’vogarga aylandi. Avvalroq, Farg‘onada 72 yashar, Jizzaxda 66 yoshli fuqaro OTMga hujjat topshirgani ma’lum bo‘lgandi.

Ayni damda Surxondaryo viloyatidagi barcha davlat xizmatlari markazlari 15 iyul kuniga qadar 24 soatlik ish kunida faoliyat olib bormoqda. Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga topshirish istagi borlar viloyatning barcha DXMlari orqali o‘z yumushlarini bitirishlari mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rekord. Surxondaryoda 80 yoshli otaxon OTMga hujjat topshirdi (video)