16:39 / 15.07.2019
2 990

Sud qarori ijrosi ta’minlandi

Sud qarori ijrosi ta’minlandi
Amudaryo tumani iqtisodiy sudining 01.03.2019 yilgi qaroriga asosan qarzdor “Zamang‘a say qurыlыs” MChJ dan AKIB Ipoteka bank Qoraqalpog‘iston filiali foydasiga 134.546.050 so‘m kredit qarzdorligini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati 17.04.2019 yili Byuroning Nukus shahar bo‘limiga kelib tushgan va shu kunnig o‘zida ijro qo‘zg‘atilgan.

Qarzdorga qarorda ko‘rsatilgan talablarni ihtiyoriy ravishda bajarish uchun 15 kunlik muddat berilgan.
Majburiy ijro harakatlari davomida, davlat ijrochisi tomonidan qarzdor bir necha bor ogohlantirilgan va kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlar tushuntirilgan. Lekin, qarzdorlik to‘lanmaganligi sababli, jamiyatga tegishli bo‘lgan “SAZ FVR 33 GLD” rusumli avtotransport vositasi qidiruv natijasida aniqlangan va ro‘yxatga olinib xatlangan. Keyinchalik esa, sotish uchun elektron onlayn-auksion maydochasiga sotuvga chiqarilgan.

Shundan keyin jamiyat rahbari qarzdorlikni ortig‘i bilan 156 mln. so‘m to‘lab berdi va sud hujjatining ijrosi amalda to‘liq bajarildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sud qarori ijrosi ta’minlandi