Respublika Gidrometeorologiya markazi ma’lumotiga ko‘ra, bu haftada ham O‘zbekistonda juda issiq ob-havo saqlanib turadi. Hafta davomida harorat 39-42 daraja, janubiy hududlar va cho‘l zonalarida 44-45 darajagacha ko‘tariladi.
Avval xabar qilinganidek, bu o‘rtacha ko‘p yillik ko‘rsatkichlardan 5-7 darajaga yuqoridir.
Hafta davomida Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida garmsel kuzatiladi.
Shuningdek, havo harorati yuqoriligi sabab tog‘ cho‘qqilarida muzliklar erishi natijasida yurtimizning tog‘ oldi tumanlarida sel toshqinlari kuzatilishi mumkin.
Xo‘sh, bunday jazirama yana qancha vaqt davom etishi mumkin?
Gidrometeorologiya markazi mutaxassisining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, juda issiq ob-havo 20-21 iyulga qadar davom etadi. Iyul oyining so‘nggi o‘n kunligida havo harorati biroz pasayishni boshlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!