18:30 / 15.07.2019
3 890

Surxondaryodagi chegara bojxona postida fuqaro sumkasidan «Makarov» to‘pponchasi topildi

Surxondaryodagi chegara bojxona postida fuqaro sumkasidan «Makarov» to‘pponchasi topildi
Foto: Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Bojxona xodimlari tomonidan qurol-yarog‘larni noqonuniy olib o‘tish bilan bog‘liq navbatdagi qonunbuzilish holati fosh etildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi «Gulbahor» chegara bojxona posti orqali harakatlanayotgan fuqaro P.V. belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Mazkur fuqaroning qo‘l sumkasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning sumkasida hech qanday hujjatlari bo‘lmagan hamda bojxona xodimlariga ma’lum qilinmagan «Makarov» pnevmatik to‘pponchasi hamda 2 dona patron borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryodagi chegara bojxona postida fuqaro sumkasidan «Makarov» to‘pponchasi topildi