20:43 / 15.07.2019
3 278

Maoshlar oshirilishi va inflyatsiya poygasi qachon tugaydi?

Maoshlar oshirilishi va inflyatsiya poygasi qachon tugaydi?
Bugun, 15 iyul kuni “Xalqaro press klub”ning "Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida" farmonga bag‘ishlangan navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

“Maoshlar oshirilishi va inflyatsiya o‘rtasidagi odatda inflyatsiya g‘olib chiqadigan poyga qachon tugaydi? Savolga turtki bo‘lgan omil shuki, hanuz juda ko‘pchilik maoshlar va pensiyalar oshishini hadik bilan kutib oladi, sababi oddiy – narxlar ko‘tariladi, inflyatsiya oshib ketadi. Inflyatsiyani jilovlash bo‘yicha yaqin yoki uzoq muddatli biror dastur bormi?” degan Kun.uz muxbirining savoliga moliya vaziri o‘rinbosari Shohrux Shorahmetov shunday javob berdi:

– Oramizda Iqtisodiyot vazirligi vakillari yo‘q. Men savolingizga qisman javob berishga harakat qilaman. Albatta, maoshlar ko‘tarilishining inflyatsiya oshishiga ta’siri bor. Aslida oyliklar 1 foizga oshishi inflyatsiyani ham 1 foizga oshirmaydi, inflyatsiya kamroq oshadi. Bizda inflyatsiyaga mahsulotlarning narxi oshib borishi ta’sir etadi. Maoshlar va inflyatsiya o‘rtasidagi quvlashmachoq hozircha tabiiy holat.

Hukumat, qator vazirliklar, ayniqsa Iqtisodiyot vazirligi inflyatsiyani kamaytirish bo‘yicha ko‘p ishlar olib bormoqdalar, maxsus yo‘l xaritalari ham qabul qilingan. Biz bir tomondan maoshlarni oshirmoqchi bo‘lamiz, ikkinchi tomondan inflyatsiyani o‘ylaymiz, oltin o‘rtaliqni topishimiz kerak. Hozir hamma tomonni hisobga olib shu foiz rejalashtirilgan. Yana bir jihat – maoshlarni hammaga emas, ayrim-ayrim sohalarga maoshlar oshirilishi (masalan: (tahr.) ta’lim yoki sog‘liqni saqlash sohalarida maoshlar alohida oshirilishi) inflyatsiya keskin oshib ketishining oldini oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Maoshlar oshirilishi va inflyatsiya poygasi qachon tugaydi?