«Tanka» hammani chuv tushirdi...

  • 16 iyul 2019, 00:21
  • 1 918
  • Jamiyat
  • «Tanka» hammani chuv tushirdi...
    Toshkent viloyatining Piskent tumanida istiqomat qiluvchi (familiya va ismlar o‘zgartirilgan) F.Changliyeva «tanka» topgandi deng. Uning ismi-sharifi T.Toshmatov bo‘lib, abituriyentlarni poytaxtdagi Oliy o‘quv yurtlarining biriga grant asosida o‘qishga kiritib qo‘yish quvvatiga ega ekan.

    Unga ishonib 4.100 AQSh dollari berdilar. Shundan so‘ng T.Toshmatov qorasini ko‘rsatsa qani?! Pul ham ke-yetdi, talaba bo‘lish ham nasiyaga qoldi.

    Kutilganidek F.Changliyeva chuv tushgani haqida huquq-tartibot idoralariga ariza bilan murojaat qilib, «najot» so‘radi. Natijada, T.Toshmatov qo‘lga olinib, JKning 168 (firibgarlik) va 211 moddalarida (pora berish) ko‘rsatilgan ayblovlar jinoiy javobgarlikka tortiladi. Sud hukmiga ko‘ra unga bir necha yillik ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanadi.

    Bir qaraganda, oddiy va amaliyotda doimo uchrab turadigan holat. Bunday holatlar, afsuski, hayotda tez-tez uchraydi. Lekin masalaning yana bir muhim tomoni bor.

    Firibgar o‘z jazosini oldi. Lekin shu bilan voqea tugagani yo‘q. Voqeaning jabr diydasi bo‘lgan ayol F.Changliyeva shu bilan yengil tortdi deb o‘ylaysizmi? Yo‘q, aksincha! Uning muammolari keyin boshlandi. Unga nisbatan ham JK ning 211-moddasi, ya’ni pora berishda ifodalangan harakati uchun jinoyat ish qo‘zg‘atildi.

    Ma’lumki, qonunga ko‘ra, pora olgan ham, bergan ham, hatto shunga uringan ham javobgarlikka tortiladi. Shunday ekan, endi F.Changliyeva sudning hukmi bilan o‘zi bergan 4.100 AQSh dollarining so‘mga nisbatan qiymatida pora predmetini davlat byudjetiga to‘lashga majbur bo‘ldi.

    Majburiy ijro byurosining Piskent bo‘limi davlat ijrochilari olib borgan majburiy ijro harakatlari natijasida pora predmeti – 4.100 AQSh dollari F.Changliyevaning mol-mulkiga qaratildi...

    Yoqimsiz voqelik, to‘g‘rimi? Nachora, qonunning talabi qattiq.

    Manba: Xabar.uz

    » » «Tanka» hammani chuv tushirdi...