2019/2020-o‘quv yili uchun 1 milliondan ortiq abituriyent ro‘yxatdan o‘tkazildi

  • 16 iyul 2019, 10:20
  • 699
  • Jamiyat
  • 2019/2020-o‘quv yili uchun 1 milliondan ortiq abituriyent ro‘yxatdan o‘tkazildi
    2019/2020 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish yakunlandi. Bu haqda Davlat test markazi xabar bermoqda.

    Respublika bo‘yicha jami 60 ta oliy ta’lim muassasalari va ularning 30 ta filiallariga kirish uchun 1 mln. 66 ming 925 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tkazildi. Shundan:

    kunduzgi ta’lim shakliga - 718 097 nafar;
    kechki ta’lim shakliga - 13 821 nafar;
    sirtqi ta’lim shakliga - 335 007 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

    Abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish 90 ta oliy ta’lim muassasalarining qabul komissiyalari va 201 ta Davlat xizmatlari markazlarida 4 500 dan ortiq operatorlar tomonidan amalga oshirildi, deyiladi xabarda.

    » » 2019/2020-o‘quv yili uchun 1 milliondan ortiq abituriyent ro‘yxatdan o‘tkazildi