Majburiy ijro byurosi Zangiota tuman bo‘limi xodimlari va “Suvoqova” DUK Zangiota filiali bilan hamkorlikda, tuman hududida ichimlik suvi tarmog‘iga ulanish va foydalanish qoidalariga rioya qilish yuzasidan tekshiruv ishlari o‘tkazilgan.
Natijada, ta’minotchi korxonaga tegishli podstansiyada faoliyat olib boruvchi shaxslar ichimlik suvi tarmog‘iga noqonuniy ulanib, podstansiyaga hisoblagichsiz ichimlik suvi krani o‘rnatib, foydalanib kelayotganligi aniqlangan.
Aniqlanishicha, podstansiya ichimlik suvi tarmog‘iga noqonuniy ulangani holati yuzasidan Toshkent viloyat “Suvoqova” DUK markaziy abonent xizmati tomonidan qilingan hisob-kitoblarga ko‘ra, DUK ka jami 968.649.920 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan MIB Zangiota tuman bo‘limi tomonidan “Zangiota tuman elektr tarmoqlari korxonasi” ishchi-xizmatchilariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 185-2-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?