15:50 / 16.07.2019
4 721

Toshkentda DXXning sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev ustidan sud boshlandi

Toshkentda DXXning sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev ustidan sud boshlandi
Foto: «O‘zbekiston 24»
Toshkentda sobiq Bosh prokuror va Davlat xavfsizligi xizmati rahbari Ixtiyor Abdullayev ustidan sud boshlandi deb xabar bermoqda Daryo nashri.

Abdullayevning ishi o‘ta maxfiy ko‘rinishda bo‘lgani uchun jarayon harbiy sudda bo‘lib o‘tmoqda. Sudga Umid Shokirov raislik qilmoqda.

Sudlanuvchilar safidan jami 24 kishi o‘rin olgan. Ularning yarmi tergov hibsxonasidan olib kelindi, qolganlari garov va manzilini tark etmaslik haqidagi tilxat asosida ochiqlikda bo‘lgan.

Sudga sudlanuvchilarning yaqinlari tomonidan yollangan 5 nafar advokat qo‘yilmadi. Bir necha soat kutishdan so‘ng ularning oldiga sud xodimlari chiqdi va ayblanuvchilar ularning xizmatidan voz kechgani, ishda faqat davlat advokatlari ishtirok etishini bildirdi.

Buni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda DXXning sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev ustidan sud boshlandi