10:11 / 17.07.2019
3 188

Toshkent viloyatida ro‘y bergan YTH natijasida ikkita avtoulov yonib ketdi

Toshkent viloyatida ro‘y bergan YTH natijasida ikkita avtoulov yonib ketdi
2019 yil 16 iyul kuni soat 22:00 lar atrofida Toshkent viloyati Ohangaron tumanida dahshatli yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Toshkent viloyati IIBB Matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, buning oqibatida bir kishi hayotdan ko‘z yumgan.

“Olmaliq-Toshkent” avtomobil yo‘lining 9-kilometridagi “Shodmalik” MFY hududida, 1956 yilda tug‘ilgan haydovchi Yo.A boshqaruvida bo‘lgan “MAN” rusumli yuk mashinasi 1987 yilda tug‘ilgan I.D. boshqaruvida bo‘lgan “Spark” rusumli avtoulov bilan to‘qnashuv sodir etgan. Yuk mashinasi Toshkent shahri tomondan Olmaliq shahri tomonga qatnov qismining ikkinchi bo‘lagida harakatlangan bo‘lgan va ayni yo‘nalishning birinchi qatnov bo‘lagida harakatlanayotgan yengil mashinaga urilgan.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida kelib chiqqan yong‘in oqibatida ikkala avtomashina yonib ketgan va “Spark” rusumli avtomobil haydovchisi voqea joyida vafot etgan. Uning yo‘lovchisi olgan tan jaroxati tufayli shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov oldi tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatida ro‘y bergan YTH natijasida ikkita avtoulov yonib ketdi