“Tatneft” kompaniyasi O‘zbekistondagi birinchi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasini ochdi. AYoQSh Toshkent viloyatida joylashgan bo‘lib, unga yonilg‘i Rossiya kompaniyasi tomonidan yetkaziladi.
Kompaniyaning ko‘p turdagi yonilg‘i sotiluvchi AYoQShi Toshkent-Nurafshon avtomobil yo‘lida ochilgan. Unda mahalliy A-80 benzini, Rossiyaning “Taneko” majmuasidan yetkaziladigan A-92 va A-95 markasidagi benzin hamda metan sotiladi.
Avvalroq ma’lum qilinganidek, viloyatda “Tatneft”ning 22 AYoQShidan iborat tarmog‘ini yaratish rejalashtirilgan.
“Tatneft” Rossiyada ishlab chiqarilgan avtomobil yonilg‘isini O‘zbekistonda sotayotgan Rossiyaning uchinchi kompaniyasi bo‘ldi. 2018 yil yanvarda Toshkentda “Gazprom”ning sho‘’ba korxonasi, martda esa “Lukoyl” benzin sota boshlagandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi