Organ xodimlari uchun forma kiyishning yangi tartibi tasdiqlandi

  • 17 iyul 2019, 23:57
  • 1 971
  • Jamiyat
  • Organ xodimlari uchun forma kiyishning yangi tartibi tasdiqlandi
    Toshkent ShIIBB xodimlari yangi formasi
    Prezident “Davlat organlari xodimlarining formali kiyim-bosh kiyib yurishi tartibini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

    Qarorga muvofiq, quyidagi vazifalarni bajarishda harbiy va idoraviy formali kiyim-bosh kiyib yurish huquqi belgilandi:

    tantanali formali kiyim-bosh – rasmiy, bayram, tantanali va xalqaro tadbirlarda, sud majlislarida, OAV bilan uchrashuvlar va intervyularda, shuningdek, o‘quv mashg‘ulotlarida;
    dala formali kiyim-bosh – o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar davrida, favqulodda vaziyatlarda, harbiy holatda, maxsus operatsiyalarni o‘tkazishda faqatgina Ichki ishlar vazirligi (IIV), Davlat bojxona qo‘mitasi (DBQ) va Harbiy prokuratura xodimlari tomonidan;
    maxsus formali kiyim-bosh – vazifalarini bevosita xizmat xonalarida amalga oshirish vaqtida ichki ishlar organlarining, shuningdek IIV va DBQning kinologiya bo‘linmalari xodimlari tomonidan;
    identifikatsiya raqamli metall jetoni, farqlash belgilari va idoraviy ramzlar aks etgan maxsus jiletlarni – Majburiy ijro byurosining davlat ijrochilari va inspektorlari tomonidan xizmat vazifalarini bajarish jarayonida.

    Mazkur tartib 2020 yilning 1 yanvargacha bosqichma-bosqich joriy etiladi.

    Davlat organlarida kundalik formali kiyim-bosh kiyib yurish huquqi faqatgina quyidagilar uchun saqlab qolinadi:

    - kundalik xizmat faoliyatida bevosita aholi bilan ishlaydigan ichki ishlar organlari bo‘linmalari xodimlari;
    - faoliyatini bevosita bojxona postlarida amalga oshiradigan bojxona xizmati bo‘linmalari xodimlari;
    - bo‘linmalarning sohasidan qat’i nazar ichki ishlar organlari va bojxona xizmatlarining rahbarlar tarkibi.

    IIVga ommaviy va qishloq xo‘jaligi tadbirlarni o‘tkazishda jamoat tartibini saqlash, yo‘l-patrul xizmatining muntazam postlaridagi xizmatni o‘tashda maxsus forma kiyib yurishga ruxsat etiladi.

    IIV va DBQ oliy ta’lim muassasalari kursantlari va tinglovchilariga ta’lim muassasasi hududida har kuni dala (kamuflyajli) formali kiyim-bosh kiyib yurishga ruxsat etiladi.

    Bundan tashqari, soliq xodimlari soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish, soliq nazoratini amalga oshirish va soliq qarzdorligini undirish vaqtida identifikatsiya raqamli metall jetonni taqib yurish qoidalari joriy qilindi hamda tantanali va kundalik formali kiyim-bosh kiyib yurish tartibi bekor qilindi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Organ xodimlari uchun forma kiyishning yangi tartibi tasdiqlandi