09:16 / 18.07.2019
3 776

Havo harorati qayerda yuqoriroq - quyoshdami yoki soyada?

Havo harorati qayerda yuqoriroq - quyoshdami yoki soyada?
Sinoptiklar havo harorati haqida gapirganlarida, odatda, “soyadagi harorat”, deb qo‘shib qo‘yadilar. Bundan aholi ikki turdagi - soyada va quyoshdagi harorat o‘lchovlari bo‘ladi, degan mantiqiy xulosa qiladi. Ya’ni, soyada harorat +30 daraja bo‘lsa, quyoshda deyarli +50 daraja bo‘ladi.

Aslini olganda, fizikaviy nuqtai nazardan bu noto‘g‘ri. Gap ob-havo to‘g‘risida ketganda, harorat deyilganda havoning qanchalik qizigani tushuniladi. Tabiiyki, buni asboblar uskunalarsiz aniqlab bo‘lmaydi, shuning uchun haroratni termometr yordamida, uni ma’lum vaqt davomida ochiq havoda qoldirib o‘lchanadi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Bundan kelib chiqib, “havo harorati” deganda biz termometrning haroratini tushunamiz – chunki u issiqlik almashinuvi natijasida o‘zining qanchalik qiziganini ko‘rsatadi.

Soyada termometr faqat havodan isiydi, shuning uchun to‘g‘ri haroratni ko‘rsatadi. Termometrga to‘g‘ri tikka quyosh nurlari tushganda u atrofdagi havoga nisbatan kuchliroq qiziydi. Termometr +40 daraja, hatto +70 darajani ham ko‘rsatishi mumkin. Mana shu juda yuqori ko‘rsatgichlar “quyoshdagi harorat” sifatida qabul qilinadi. Biroq aslini olganda, bu faqat termometrning qanchalik qizigani ko‘rsatgichidir va bu termometr tayyorlangan materialga bog‘liq. Havo esa quyosh ostida bunchalik isimaydi – u soyadagidan eng ko‘pi bilan 2 darajaga farq qilishi mumkin.

Shamol tezligining sekundiga 1 metrga kuchayishi ham biz his qilayotgan haroratni 2 darajagacha tushiradi. Shuning uchun yengil shabada yoki mo‘tadil shamol vaqtida jazirama issiq umuman shamolsiz havoga qaraganda yengilroq seziladi. Namlik bizning his etishimizga ham xuddi shunday ta’sir ko‘rsatadi – namlik yuqori bo‘lganda ham issiq havo, ham sovuq ob-havo noqulayroq seziladi. Quyoshda soyadagiga nisbatan ancha issiq bo‘lishini sababi bizning tanamiz tik quyosh nurlari ostida kuchliroq qiziydi. Havoning harorati “quyoshda” ham soyada ham bir xil, quyosh nurlari ostidagi predmetlarning harorati esa har xil.

Quyidagicha tajriba o‘tkazilgan:
kunduzi soat 15-00 da harorat +30-32 daraja shamolsiz ob-havoda turli yuzalarning quyosh ostidagi harorati

O‘lchov natijalari:

O‘lchov natijasida bir xil ko‘rinishga ega turli yuzalarda har xil harorat qayd etilganini ko‘rish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Havo harorati qayerda yuqoriroq - quyoshdami yoki soyada?