09:41 / 18.07.2019
4 040

Sirdaryoda MIB qarzini to‘lamagan MTMning Cobalt’ini xatlab, onlayn auksionga qo‘ydi

Sirdaryoda MIB qarzini to‘lamagan MTMning Cobalt’ini xatlab, onlayn auksionga qo‘ydi
Foto: Majburiy ijro byurosi
Majburiy ijro byurosi Sirdaryo viloyat boshqarmasi organlari tomonidan soliq qarzi va boshqa undiruvchi tashkilotlar foydasiga qarzdorliklarni undirish borasida muayyan ishlar olib borilmoqda.

Byuroning tuman-shahar bo‘limlari davlat ijrochilari tomonidan davlat foydasiga undiruvlarga alohida e’tibor qaratilib, ushbu toifadagi ijro hujjatlari ijrosini o‘z vaqtida, so‘zsiz ta’minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda, deb ma’lum qiladi Majburiy ijro byurosi axborot xizmati.

«Boyovutagroservis» MTMga soliq qarzdorligi 158 947 381 so‘mni tashkil etadi. Olib borilgan ijro harakatlari natijasida mas’uliyati cheklangan jamiyatga tegishli bo‘lgan Cobalt markali avtomashinasi borligi aniqlangan.

Tegishli tartiblarda xatlangan ushbu avtomashina mol-mulklar baholovchi tashkilot tomonidan 82 495 000 so‘mga baholanib, elektron-onlayn auksion savdosiga chiqarildi. Sotuvdan tushgan pullar soliq qarzdorligini bartaraf etishga qaratilishi tayin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sirdaryoda MIB qarzini to‘lamagan MTMning Cobalt’ini xatlab, onlayn auksionga qo‘ydi