13:31 / 18.07.2019
7 174

"Ravshan Zolotoy" oqlanib, Toshkentga qaytdi

"Ravshan Zolotoy" oqlanib, Toshkentga qaytdi
Jinoyat olamida "Zolotoy" laqabi bilan tanilgan Ravshan Muhiddinov 11 iyul kuni O‘zbekistonga qaytgan. Bu haqda «Minbar.uz» nashri ma’lum qildi. Ravshan Muhiddinovning otasi Bahodir Muhiddinov ham bu xabarni tasdiqlagan deyiladi xabarda.

Ravshan Zolotoy kim o‘zi: yoshligida sochi malla bo‘lgani uchun Ravshan Zolotoy laqabini olgan Ravshan Muhiddinov MDH jinoyat olamida yirik «avtoritet»lardan biri hisoblanadi. U yirik tadbirkor G‘afur Rahimovning jiyani.

2007 yilda 18 yashar Ravshan Muhiddinov O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 242-moddasi bo‘yicha (Uyushgan jinoiy guruh tuzish va unga bevosita rahbarlik qilish) gumonlanib, qidiruvga berilgan.

Ichki ishlar idoralari Ravshan Muhiddinovni o‘zaro janjallashgan ikki guruhdan biriga rahbarlik qilishda ayblashi ortidan u O‘zbekistondan chiqib ketgan. Ravshan Muhiddinov 12 yil xalqaro qidiruvda bo‘lgan¸ Toshkent so‘rovi bilan Istanbul va Dubay qamoqxonalarida o‘tirib chiqqan.

Joriy yilning aprelida unga nisbatan e’lon qilingan qidiruv olib tashlangani va muqaddam qo‘zg‘atilgan tergov ishi qayta ko‘rib chiqilayotgani ma’lum bo‘ldi.

2018 yil iyul oyida G‘afur Rahimov ham O‘zbekiston ichki ishlar vazirligining «qidiruvdagi shaxslar» ro‘yxatidan olib tashlangach O‘zbekistonga qaytgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » "Ravshan Zolotoy" oqlanib, Toshkentga qaytdi