Soliq tizimidagi yangiliklar mohiyati tadbirkorlarga tushuntirildi

  • 18 iyul 2019, 13:04
  • 464
  • Jamiyat
  • Soliq tizimidagi yangiliklar mohiyati tadbirkorlarga tushuntirildi
    Bugungi kunda Toshkent viloyatida tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini ta’minlash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 iyundagi “Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5755-sonli Farmoni yuzasidan Toshkent viloyatining Nurafshon tumanida seminar o‘tkazilib, bu kabi seminarlar barcha tumanlarda davom etmoqda.

    O‘quv-seminarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi soha mutaxassislari mazkur farmonda belgilangan tartib-tamoyillarni joriy etish, soliqlar va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berish amaliyotini tartibga solish bo‘yicha ishtirokchilarga batafsil tushunchalar berishdi. Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

    Seminarda 100 dan ortiq tadbirkorlik sub’ektlari, fermer xo‘jaliklari, import faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar rahbarlari, hisobchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.Ularga soliq tizimiga kiritilgan o‘zgarishlar yuzasidan ko‘rgazmali materiallar taqdim etildi.

    Seminar davomida tadbirkorlik subektlariga qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashga o‘tishning tartibi va afzalliklari tushuntirildi.
    Shunday seminarlar korxona raxbari va xisobchilarning hamda aholining og‘irini yengil qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

    Seminarning ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan vazifalari – aholining hayot darajasi va sifatini yaxshilash, tadbirkorlik va xususiy mulk rivojiga keng imkoniyat ochib berish.

    Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi

    » » Soliq tizimidagi yangiliklar mohiyati tadbirkorlarga tushuntirildi