14:50 / 18.07.2019
4 839

"Opa"sini sog‘ingan artistlar norasmiy taqiqqa tushdi

"Opa"sini sog‘ingan artistlar norasmiy taqiqqa tushdi
Bir nechta artist Gulnora Karimovaga muhabbat izhor etgani sababli norasmiy taqiqqa tushdi. Bu haqida Ozodlik mahalliy shou biznes vakillari orasidagi manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Xususan, Zo’rTV xususiy telekanali 12 iyuldan boshlab xonanda Jahongir Poziljonovni “Xontaxta” va “Bojalar community” ko‘rsatuvlari, qiziqchi Halima Ibrohimovani esa “Sitro shou” ko‘rsatuvi boshlovchiligidan chetlatdi.

Zo’rTV ko‘rsatuvlaridan xonandalar Rayhon G‘aniyeva va Ziyoda Qobilovaning qo‘shiqlari ham olib tashlangan.​

Ozodlik manbalarining aytishicha, teleboshlovchilarni teledasturlardan chetlatishga, xonandalarning qo‘shiqlarini efirdan olib tashlashga telekanal rahbariyati “og‘zaki buyruq” bergan. O‘z navbatida, rahbariyatning bunday qarorga kelishiga “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan "opa"sini sog‘ingan artistlarga qo‘yilgan “norasmiy taqiq” sabab bo‘lgan. Bu choralar vaqtinchalik bo‘lishi mumkin.

24-25 iyun kunlari ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek shou biznesining ayrim taniqli namoyandalari birinchi prezidentning qamoqdagi qizi Gulnora Karimovaning yaqin kunlarda ozodlikka chiqishini so‘rab duo qilish va madh etishga kirishgan edi.

"Sizni sog‘indik. Tezroq eson-omon oilangiz bag‘riga qaytishingizni tilab qolamiz¸ sihat-salomatlik tilaymiz"¸ – deb ëzgan edi “Bojalar” guruhi solisti Jahongir Poziljonov Gulnora Karimova bilan birga tushgan suratini qo‘yib.

Jamoatchilik artistlarning bu kampaniyasi odamlarni Gulnora Karimovaning ozodlikka chiqishiga tayërlash va bu ehtimolga ijobiy munosabatni shakllantirish uchun uyushtirilgan deb qabul qilgan.

Manba: Minbar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » "Opa"sini sog‘ingan artistlar norasmiy taqiqqa tushdi