23:48 / 18.07.2019
4 203

Avtosalonlar ilgari haydalgan avtomobillar bilan ham savdo qila boshlashadi

Avtosalonlar ilgari haydalgan avtomobillar bilan ham savdo qila boshlashadi
Jismoniy shaxslar yangi avtomobil xarid qilish uchun ilgari haydalgan eskisini avtosalonga topshirish va oradagi farqni to‘lash mumkin bo‘ladi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar haqida»gi qarorida o‘z aksini topgan.

Prezident qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda «O‘zavtosanoat» AJning 2019 yil 1 oktyabridan o‘zimizda ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi rasmiy dilerlik tashkilotiga o‘zining eski, iste’molda bo‘lgan avtotransport vositasini topshirish va qiymatlardagi farqni to‘lash yo‘li bilan xaridorlarga o‘zimizda ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositasini xarid qilish imkonini beruvchi «TRADE-IN» dasturini 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab joriy etish taklifiga rozilik berilgan.

«TRADE-IN» dasturi doirasida quyidagilar belgilanmoqda:
a) rasmiy diler tomonidan jismoniy shaxslarning iste’molda bo‘lgan avtotransport vositalarini sotish vaqtida qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash uchun soliq bazasi sotish bahosi va QQS summasini o‘zida jam qilgan chiqarilayotgan ob’ektlarning balans qiymati o‘rtasidagi musbat farq orqali aniqlanadi;

b) rasmiy dilerlar tomonidan oldi-sotdi shartnomasi majburiy notarial rasmiylashtirishdan quyidagilar o‘tkazilmaydi:

· xaridorga belgilangan namunadagi hisob-ma’lumotoma berish tartibi joriy etish orqali avval iste’molda bo‘lgan avtotransport vositalari sotilganda;

· milliy ishlab chiqaruvchi zavodlarda ishlab chiqarilgan avtotransport vositalari rasmiy dilerlardan xarid qilinganda;

v) rasmiy dillerlik tashkiloti tomonidan avval iste’molda bo‘lgan avtotransport vositalarini xarid qilinganda va O‘zbekiston Respublikasi IIV organlarida qayddan o‘tkazilganda yig‘im to‘lanmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi IIVga milliy ishlab chiqaruvchi zavodlarning rasmiy dilerlariga «TRADE-IN» dasturi bo‘yicha avval iste’molda bo‘lgan avtotransport vositalarini sotish uchun tegishli tarzda himoyalangan hisob-ma’lumotnoma blankalari bilan ta’minlash vazifasi yuklatilmoqda.

«O‘zstandart» agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va savdo vazirligi hamda «O‘zavtosanoat» AJ ilg‘or xorijiy tajribalarni hisobga olib, tegishli muddatlarda ushbularni amalga oshirishi kerak:

· 2019 yilning 1 noyabriga qadar ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar sifati va xavfsizlik ko‘rsatkichlarini ta’minlovchi tipli sinov dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;

· 2019 yilning 1 dekabriga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Pskent avtomobil poligoni bazasida avtomobillar va va ularning ehtiyot qismlarini sinash bazasini yaratish, shuningdek, uni zarur texnika va uskunalar bilan ta’minlash;

· 2020 yilning 1 yanvariga qadar avtotransport vositalari, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarni sinashning to‘liq spektrini ta’minlash uchun milliy laboratoriyalarni zarur texnika va uskunalar bilan ta’minlash;

· 2020 yilning 1 martiga qadar «Avtomobillar uchun korporativ o‘rtacha yoqilg‘i iqtisodi» standartini yaratish va joriy etish.

Prezident qarori bilan «Avtomobil sanoatini jadal rivojlantirish bo‘yicha choralarni ishlab chiqirish amalga oshirish bo‘yicha Ishchi guruh tarkibi tasdiqlangan. Shuningdek, qaror ijrosini ta’minlash uchun batafsil amaliy tadbirlar rejasi ham tasdiqlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Avtosalonlar ilgari haydalgan avtomobillar bilan ham savdo qila boshlashadi