Toshkentda shifokor klinik o‘lim holatida olib kelingan bolaning hayotini saqlab qoldi (video)

  • 19 iyul 2019, 12:01
  • 1 448
  • Jamiyat
  • Toshkentda shifokor klinik o‘lim holatida olib kelingan bolaning hayotini saqlab qoldi (video)
    Toshkentdagi klinikalardan birida shifokor ota-onasi tomonidan klinik o‘lim holatida (nafas olishi to‘xtab qolgan) olib kelingan bolakayning hayotini saqlab qoldi. Bu holat tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

    Qayd etilishicha, holat poytaxtdagi xususiy klinikalardan birida yuz bergan. Sergey Vladimirovich ismli shifokor aslida reanimatolog emasligi, biroq klinik o‘lim holatida olib kelingan 2 yoshli bolani qutqarib qolgani aytiladi.

    Ma’lumot uchun: klinik o‘lim - qon aylanishi va nafas yo‘qligida bosh miya po‘stlog‘ining yashash vaqti bilan belgilanadi. Klinik o‘lim biologik o‘limdan farqli reanimatsiya chora-tadbirlari o‘tkazilganda bemor hayotga qaytishi mumkin. Klinik o‘lim organizmning asosiy hayot faoliyatining (qon aylanishi, nafas olishi) to‘xtagan vaqtidan boshlanib, bosh miya po‘stlog‘i hujayralarining nobud bo‘lishigacha davom etadi. Bu davr reanimatsiya tadbirlari o‘tkazilganda (nafas va qon aylanishi tiklanganda) bosh miya po‘stlog‘i faoliyati tiklanishi mumkin. Klinik o‘lim davomiyligi odatda 5-6 daqiqa davom etadi.

    » » Toshkentda shifokor klinik o‘lim holatida olib kelingan bolaning hayotini saqlab qoldi (video)