20:35 / 19.07.2019
4 233

Qo‘qonda ventilyator talashish oqibatida ota o‘z o‘g‘lini pichoqlab qo‘ydi (video)

Qo‘qonda ventilyator talashish oqibatida ota o‘z o‘g‘lini pichoqlab qo‘ydi (video)
Qo‘qonlik shartli ismi Botir bo‘lgan shaxs ishdan qaytgandan so‘ng uyda ventilyator shabadasida dam olishni istaydi. Ammo bu vaqtda uning o‘g‘li Suhrob ham salqinda dam olishni ko‘zlab turgandi.

Suhrob ventilyatorni qo‘shni xonaga olib chiqib ketadi. Natijada janjal boshlanadi va o‘g‘il o‘z otasiga qo‘l ko‘taradi. Oxir-oqibat Botir o‘g‘liga pichoq uradi.

«Nafsoniyatimga tekkani uchun, bir musht urgani va bo‘g‘ib olgani uchun men shu ishni qildim, unga tan jarohati yetkazdim», — deydi Botir.

Xabar qilinishicha, Botir o‘g‘lining qorniga bir marta va ko‘kragining chap qismiga ikki marotaba oshxona pichog‘i bilan zarba bergan. Ko‘rsatilgan tez tibbiy yordam natijasida Suhrobning hayoti saqlab qolingan, ammo ahvoli og‘ir, ayni vaqtda Qo‘qon shahridagi markaziy shifoxonada shifokorlar nazoratida.

Fuqaro Botirga nisbatan jinoyat kodeksining 104-moddasi, 1- qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakati olib borilmoqda.


Manba: Sof.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qo‘qonda ventilyator talashish oqibatida ota o‘z o‘g‘lini pichoqlab qo‘ydi (video)