08:50 / 20.07.2019
2 416

Turdimov: «Tarixiy joylarimizdan boshqa maqtanadigan nimamiz bor?»

Turdimov: «Tarixiy joylarimizdan boshqa maqtanadigan nimamiz bor?»
Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov «Suv bu - hayot manbai» aksiyasi boshlanishida qatnashdi va yig‘ilishda qator masalalar haqida fikr bildirdi. Samarqand shahridagi «Yoshlar markazi»da bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Turdimovning gaplarini Kun.uz muxbiri yozib oldi.

Viloyat hokimi Samarqand shahriga suv olib kirishni, bu ham shaharning foydasiga ishlashini, ham suvdan unumli foydalanish imkonini berishini ta’kidladi:

«O‘tgan yil yog‘ingarchilik ko‘p bo‘ldi, shu bois hozir suv ko‘p. Bundan tashqari havoning issiqligi ham muzliklar erib, suv ko‘payishini ta’minlamoqda. Oqdaryo suv ombori o‘tgan yil bo‘shab yotgandi, hozir to‘la turibdi. Kattaqo‘rg‘on va Ravotxo‘jada ham suv o‘tgan yilgiga qaraganda ikki barobar ko‘p. Shu bois suvlarni Samarqand shahridagi ariqlarga haydashni taklif qilaman. Shaharlardagi ariqlarda avval suv yurgan axir. Mayli, avvaliga suv toshib ketar, muammo bo‘lar, ammo asta-sekin suv joyini topib ketadi».

Samarqand viloyat hokimi odamlarni suvni tejashga chaqirar ekan yapon xalqidan misol keltirdi:

«Biz oddiy tish yuvish uchun ham litrlab suv ishlatamiz, lekin bu yaxshi emas. Masalan, yaponlar bitta stakanda suv olib o‘shanda tish yuvishadi. Biz-chi? Agar tish yuvayotganimizda telefon bo‘lib qolsa, 15 daqiqalab telefonda gaplashaveramiz, suv esa oqib yotadi. Qo‘pol bo‘lsa ham aytaman, «Suvoqova» tekshiruv o‘tkazganda ko‘p uylardagi unitazlarda suv doimiy oqib yotgani aniqlangan. Biz bu yerda pul sarflab toza suv tayyorlasak-da, suv unitazda oqib yotsa...

Men yuqoridagi misol bilan tish yuvmaslikni targ‘ib qilmayapman, shunchaki oddiy ehtiyojlar uchun suvni tejash kerak. Har bir hovlisida suvni oqizib qo‘yib mashina yuvayotganlar ko‘p qavatli uylarning 5-qavatida yashaydiganlarga suv yetib bormasligini o‘ylasin...».

Turdimov yig‘ilish avvalida shaharning tarixiy qismlari o‘z holicha saqlanib qolinishini alohida ta’kidladi:

«Bizning gaplarni noto‘g‘ri talqin qilganlar ham bo‘ldi. Shu bois ta’kidlamoqchiman, biz shahrimizning tarixiy qismlarini o‘z holicha saqlab qolamiz. Axir shu tarixiy yerlardan boshqa maqtanadigan narsalarimiz yo‘q-ku! Elektr bilan maqtana olmaymiz, har kuni chiroq o‘chadi, yo‘llarimiz ham yaxshi emas. Shu tariximiz bilan maqtanamiz-da»,- deydi Turdimov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Turdimov: «Tarixiy joylarimizdan boshqa maqtanadigan nimamiz bor?»