Saraton kasalligi va rentgen. Qanchalik bog‘liq?

  • 20 iyul 2019, 10:14
  • 1 294
  • Jamiyat
  • Saraton kasalligi va rentgen. Qanchalik bog‘liq?
    Foto: «RIA Novosti»
    Kembrij universiteti (Buyuk Britaniya) olimlari shu paytgacha xavfsiz sanalgan uch marta kompyuter tomorafiyasida olinadiganga teng eng kam radiatsiya dozasi ham onkologik xastaliklarga javob beruvchi P53 gen mutatsiyali hujayralarning soni oshishiga sabab bo‘lishi mumkinligini aniqlashdi. Tadqiqot tafsilotlari bilan batafsil «MedicalXpress»da taqdim etilgan press-reliz orqali tanishish mumkin.

    Olimlarning aniqlik kiritishicha, hatto xavfsiz dozadagi nurlanish ham saraton rivojlanishining yuqori darajadagi riski bilan chambarchas bog‘liq P53 gen mutatsiyali hujayralarning soni ko‘payishiga olib keladi. Sinovlar ko‘rsatdiki, rentgendan avval tanaga antioksidantlar kiritilsa sog‘lom hujayralar yangi paydo bo‘lgan R53 geni «buzilgan» hujayralarga qarshi yaxshi kurasha oladi. Biroq, olimlarning ta’kidlashicha, bu usuldagi terapiya defektli hujayralarning keng tarqalishiga yo‘l ochib, sog‘lom to‘qimalarga zarar yetkazishi ham mumkin.

    Tadqiqot mualliflaridan biri, Kembrij universiteti professori Fil Jons: «Kompyuter tomografiyasi va rentgenning xavfi oxirigacha o‘rganilmagan, bu tadqiqot esa kam dozali nurlanishlar va ular yetkazishi mumkin bo‘lgan xavflarning oqibatlarini o‘rganishda qo‘l keladi».

    Barcha insonlarning organizmida saratonga aylanishi mumkin bo‘lgan mutant hujayralar, jumladan, R53 mutant hujayralar mavjud. Yosh o‘tgani sayin ularning soni ko‘payib boraveradi, biroq ulardan juda ozchiligi yomon oqibatlarga olib keluvchi hujayralarga aylanadi.

    » » Saraton kasalligi va rentgen. Qanchalik bog‘liq?