Foto: Instagram / Otabek Umarov
Prezident xavfsizlik xizmati rahbari o‘rinbosari Otabek Umarov O‘zbekistonda shu kunlarning bahsli mavzusi — «tonirovka» masalasiga munosabatini bildirdi.
«Instagram’dagi sahifam orqali bahsli mavzu — ‘tonirovka’ borasida juda ko‘p murojaat kelib tushmoqda. Shu sababli va bu aktual mavzuning qisman xavfsizlik masalasi bilan bog‘liqligi uchun o‘z fikrimni bildirishga qaror qildim. Fikrimcha, ‘tonirovka’ mavzusi O‘zbekiston sharoitida dolzarb va o‘rinli ko‘tarilgan. Chunki yurtimizda iqlim sharoiti yoz oylari, ayniqsa, chilla payti juda og‘ir bo‘ladi.
Masalaning muhim ekanligini hamda Internet tarmoqlari orqali jamoatchilik, blogerlar va deputatlar murojaatlarini inobatga olib, biz mutasaddi davlat idoralariga bu masalani amaliyotga joriy qilish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdik. Hozirda ‘tonirovka’ mavzusi boshqa davlatlar tajribasidan kelib chiqib, har tomonlama ko‘rib chiqilmoqda.
Xavfsizlik nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, shuni alohida aytmoqchimanki, bizda ushbu yo‘nalishda hamma zarur choralar ishlab chiqilgan va ijrosi ta’minlangan. Avtoulov ‘tonirovka’si xavfsizlik masalalarini hal qilishda va ta’minlashda bizga to‘siq bo‘lolmaydi», — deya fikr bildirgan Otabek Umarov. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
Moskvadagi terakt bo‘yicha yana uch kishi ushlandi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
AQSH elchisi: “Rossiya Ukraina poytaxtiga gipertovushli raketalar bilan zarba berdi”
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Har kuni kechqurun piyoda yurish organizmda qanday o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi?
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Suvni tik turgan holda ichish mumkin emasligi ilmiy jihatdan isbotlandi