3 830
Toshkent viloyatilik 3 nafar ayol Bosh prokuror ularni qabul qilmaganini bildirib, norozilik namoyishi o‘tkazdi
5 iyul kuni O‘zbekiston Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev tomonidan videokonferensiya aloqasi orqali respublikaning turli hududlarida istiqomat qiluvchi fuqarolarning qabuli o‘tkazilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qabul davomida Bosh prokuror tomonidan 27 nafar jismoniy shaxs va yuridik shaxslar vakillarining murojaati tinglangan.
Murojaatlarning 18 tasi sud masalalari, 3 tasi prokuratura ish yurituvi, 4 tasi ichki ishlar faoliyatiga oid, 2 tasi ijro masalasiga doir murojaatlarni tashkil etgan.
Qabul jarayonida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining 4 iyuldagi xatida ko‘rsatilgan 13 nafar ayoldan 10 nafari qabul qilingan.
Bosh prokuror qabuli o‘tkazilayotgan vaqtda qolgan 3 nafar ayol (Toshkent viloyatida yashovchi M.Akbarova, I.Soliyeva, R.Adilova) Bosh prokuror qabuli o‘tkaziladigan manzilga (Toshkent viloyat prokuraturasi) taklif etilgan bo‘lsada, belgilangan vaqtda ushbu manzilga kelmasdan, bir guruh shaxslar bilan birgalikda Bosh prokuratura binosi oldida Bosh prokuror tomonidan fuqarolarning qabuli o‘tkazilmaganligi haqidagi asossiz vaj bilan norasmiy norozilik namoyishi o‘tkazgan.
«Bosh prokuratura tomonidan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish hamda murojaatlarini ko‘rib chiqish borasida ishlar davom ettirilmoqda», deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?