08:26 / 21.07.2019
3 143

Bugundan Toshkentda Venetsiya usulidagi qayiqlarda sayr qilish mumkin

Bugundan Toshkentda Venetsiya usulidagi qayiqlarda sayr qilish mumkin
Bugun, 21 iyuldan Toshkentdagi “Bo‘zsuv” kanalining Minor masjidiga tutash hududida Venetsiya usulidagi qayiqlarda sayr qilish maskani ochiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

O‘tgan davr mobaynida bu hududda obodonlashtirish ishlari olib borilib, kanal atrofi tozalangan, qirg‘oq bo‘ylari mustahkamlangan. Aholi dam olishi, madaniy hordiq chiqarishi uchun talab etilgan sharoitlar yaratilgan.

Jumladan, o‘rindiqlar, yoritgichlar o‘rnatilgan, bepul WiFi hududi tashkil etilgan. Shuningdek, tadbirkor tomonidan 4 ta 4 kishilik “Gondola” qayiqlari hamda 1 ta 8 kishilik motorli sayr qayig‘i olib kelingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bugundan Toshkentda Venetsiya usulidagi qayiqlarda sayr qilish mumkin