12:55 / 21.07.2019
4 005

Toshkentda 102 ga qilingan qo‘ng‘iroq nima bilan yakunlanishi mumkin yoki tungi klubning «krisha»si kim?

Toshkentda 102 ga qilingan qo‘ng‘iroq nima bilan yakunlanishi mumkin yoki tungi klubning «krisha»si kim?
«Gazeta.uz» muallifi Nikita Makarenko 5 oydan beri o‘z mavzesi aholisini kechasi dam olishga bo‘lgan huquqlarini himoya qilishga behuda urinmoqda. Huquqni muhofaza qilish organlari qonunni himoya qilishga shoshilmayapti.

20 iyul kechasi, 02:50. Toshkentning FIFTY tungi klubida diskoteka yangramoqda. 102 ga qilingan ko‘ng‘iroq bo‘yicha Mirobod tumanining OVD-2 xodimlari Sattorov va Abdurahmonov keldi. Birinchisining familiyasi boshqa bo‘lishi ham mumkin. Hatto kechroq, uchastkada Abduraxmonov o‘zining shaxsni tasdiqlovchi xujjatini ko‘rsatganda, «mening familiyam Abdullayev», deydi.

Xodimlar qachon huquqbuzarlikni bartaraf etishlarini kutib turibman. Jarima yozishlarini. Musiqani to‘xtatishlarini. Biroq, uning o‘rniga meni haqorat qilayotgan klub xodimlari ko‘z oldida Abdurahmonov kuch ishlatib telefonimini olib ko‘ydi va cho‘ntagiga soldi. Sattorov mashinaga o‘tirib, uchastkaga borishni buyuradi. Uchastkaga kelgandan so‘ng u choralar ko‘rilgani haqida kog‘ozga qo‘l qo‘yishimni talab qiladi. Haqoratli so‘zlar bilan so‘kinadi. Eshiklarni qattik, shaqillatib yopadi. Astoydil talablardan so‘ng uchastkadan noma’lum tarafga jo‘nab ketadi.

102 ga yana to‘rt ko‘ng‘iroq. Endi hech kim kelmaydi. 04:30. Diskoteka davom etmoqda.

2018 yil avgust oyida hammamiz birgalikda restoratorlar, shahar aholisi va mehmonlarining kechki hayotga bo‘lgan huquqlarini himoya qilib chiqqan edik. O‘sha davrlarda hamma muassasalar soat 23:00 majburiy yopilar edi. Fuqarolik jamiyatining umumiy harakatlari bilan bu muammoga e’tiborni jalb etishga muvaffaq bo‘ldik va tungi hayot yana yashnab ketdi.

Lekin hamma tadbirkorlar ham mas’uliyatli biznes o‘zi nima, qonun va atrofdigilarga bo‘lgan hurmat nimaligini tushunavermaydi. Ayrimlari qonunlarni xohlaganday buzsa bo‘ladi deb, o‘ylaydi. Shu vaqtning o‘zidayoq davlat fuqarolari tomoniga turib, qonunni himoya etishi darkor. Biroq, u bu ishni qilmaydi.

Bar va klublarga erkinlik berildi, lekin ular haddan tashqari ko‘p oldilar. Ular uchun faoliyat chegaralarini aniq va jiddiy aniqlab berish o‘rniga xohlaganlarini qilishga ruxsat berildi.

«Tadbirkorlar tegilmasin degan yashirin buyrug‘imiz bor», degan iborani men SES xodimlaridan ham? huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan ham eshitdim.

Lekin kechasi ishlaydigan muassalar faoliyati qoidalari 2019 yilning fevraligacha ishlab chiqilishi kerak edi. Bu to‘g‘risida senatorlar 3 may kuni ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovga parlamentning yuqori palatasi yalpi majlisida eslatdi. Shunday talab Davlat dasturining 39-bobida tasdiqlangan edi. Qoidalar hanuzgacha yo‘q.

Shahrisabz ko‘chasidagi sobiq Fashion Bar xonasida joylashgan FIFTY bar tarixi 2018 yilning 13 oktyabr kuni boshlangan. Fashion Bar Brasserie MChJ tadbirkorlari bu yerda bar tashkil etishga qaror qildi, uning konsepsiyasida haftada besh marotaba, soat 00 dan 05:00 gacha mashhur didjeylar o‘tkazadigan diskotekalar bor edi. Nihoyat zo‘r g‘oya. Lekin tovushlarni izolyatsiyasi qilish to‘g‘risida hatto o‘ylashmagan ekan.

FIFTY bar egalari tovushni kuchaytirish apparaturasi o‘rnatilgan xonani faqat oyna devor bilan berkitgan. Oyna esa tovushni to‘xtatmaydi. Va natijada boshqaruvchi Igor Paxar qo‘ygan musiqani butun mavze eshitishga majbur. «Menga tovush toza bo‘lishi muhim», dedi Igor SES mutaxassislari 9 iyul kuni o‘lchovlar o‘tkazayotganlarida. O‘lchovlar klub xonasidagi ovoz balandligi normasi 40 detsibellga oshirilganligini ko‘rsatdi. Lekin bu ham hech narsani o‘zgartirmadi.

Bar boshliqlari bilan tinchlik yo‘li bilan suhbat olib borib bo‘lmadi. Hatto mart oyidagi shaxsiy uchrashuv paytida barning haqiqiy egasi xona o‘z maqsadiga to‘g‘ri kelmasligini tan olgandan keyin ham. Shovkindan izolyatsiya yo‘qligini tan olgan bo‘lsa ham. Diskotekalarni to‘xtatib remont qilishga va’da bergan bo‘lsa ham. Hech narsa o‘zgarmadi. «Hozir pul yo‘q», deydi bardagilar. Diskotekalarni to‘xtatish xohishi ham yo‘q, chunki bu o‘sha pul-da.

Bu sharoitda huquqni muhofaza qilish organlari mahalliy aholining tomoniga turib, qonun va tartibni himoya qilishlari kerak, deb o‘ylash mumkin. Chunki Ma’muriy kodeksning «Maishiy shovqin bilan kurash talablarini buzish» deb nomlangan 192-moddasi mavjud. Unda fuqarolarni kechasi, soat 23:00dan soat 06:00 gacha dam olishini buzganlik uchun qanday jarimalar qo‘yilishi aniq ko‘rsatilgan.

Lekin bu muammoni yechishga ularning kuchi yetmas ekan. Yohud xohishlar yo‘q. Eng katta muvaffaqiyat — bir necha shtraflar yozildi. Biroq, ular nihoyatda past — eng kam ish haqining uchdan biri. Xodimlar hatto qonunbuzarlikni to‘xtatolmaydi — ular kelganlarida ham musiqa o‘chirilmaydi, ozgina pasaytiriladi, xolos. Ketganlaridan keyin esa ovoz balandligi joyiga qaytariladi.

Eng muhimi — xodimlar muammoni umuman hal qila olmaydi. Jamoat tartibini har kuni tizimli ravishda buzilayotganligini. Profilaktika ishlarining mazmun-mohiyati, axir, shunda emasmi? Yoki ularda qandaydir shaxsiy manfaat bormikan?

IIB-2 inspektorlarining chora ko‘rmayotganliklari to‘g‘risida huquqni muhofaza qilish organlariga, shahar IIBB, IIVlari berilgan ko‘p sonli murojaatlar, jamoaviy shikoyatlar, hech qanday natijaga olib kelmadi. Hech narsa o‘zgarmadi. SESga berilgan shikoyat asosida 9 iyul kuni tekshiruv o‘tkazildi va bar ichida sanitariya normalari 40 detsibelga ortiq chiqib, buzilganligi tasdiqlandi. Bu ham hech narsani o‘zgartirmadi.

Mirobod tumani hokimi Shuhrat Pulatov 8 iyul kuni «Ushbu barning jamoat tartibiga rioya qilishi va sanitariya normalarida ko‘rsatilgan shovqin darajasini oshirmasligi Mirobod tumani IIBning IIB-2 xodimlari tomonidan nazoratga olindi», degan xabar berdi.

Bu rost bo‘lganida nur ustiga a’lo bo‘lar edi. Biroq hozircha Ma’muriy kodeksning 192 moddasining kundalik buzilishini «bar faoliyati ustidan nazorat» deyishga til bormaydi.

102 xizmati faoliyatiga alohida to‘xtab o‘tish darkor. Yaqinda shahar IIBB chaqiruvga bo‘lgan tezkorlik 5-7 minut degan xabar tarqatdi. Bu rost, naryad tez yetib kelmoqda. Lekin kelib, hech qanday chora ko‘rmasdan ketishi mumkin. Keyingi chaqiruvlarga, telefonda «qattiq nazoratga olinadi» desa ham, umuman kelmaydi.

Endi men nima uchun ko‘p fuqarolar 102 tefon qilishga qo‘rqishlarini anglab yetdim. Misol uchun, qo‘shnilarim. Chunki hamma narsa teskarisiga aylanib, sizga qarshi bo‘lib chiqishi mumkin. Telefon qilishdan oldin bir necha marotaba yaxshilab o‘ylang. Natija kichik bo‘lib, o‘zingiz uchastkaga tushib qolishingiz hech gap emas.

Bizning shahrimizda andishali, ongli biznesmenlar borligi quvontiradi. FIFTY’dan uzoq bo‘lmagan restoran egasi aholining birinchi shikoyatidan so‘ng xonalari tovushini izolyatsiya qilib, «restoran sizlarga endi halaqit qilmayaptimi» deb, shaxsan o‘zi aholidan so‘rab chiqqan.

Toshkentda tungi muassasalar bo‘lishi kerak. Ammo ularning faoliyati qoidalari jiddiy bo‘lishi shart. Tartibot — klub muxlislarini ham, atrofida yashaydigan aholini ham baxti kafolati.

P.S. S. Qiziqarli fakt. O‘z huquqlarimni himoya qilib shikoyatlarimni yuborgan har bir idorada, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ham menga doim bitta savol berishdi: «Bu barning ‘krishasi’ kim ekan o‘zi?». Bu aniq jinoyatga ishora etuvchi savolga javob bugungi kunda Toshkentda tartib o‘rnatish uchun asos, deb tushunaman. Bu esa ko‘ngilni nihoyat g‘ash qiladi.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 102 ga qilingan qo‘ng‘iroq nima bilan yakunlanishi mumkin yoki tungi klubning «krisha»si kim?