O‘zbekistonliklarning o‘rtacha oylik ish haqi ma’lum bo‘ldi

  • 22 iyul 2019, 09:38
  • 1 689
  • Jamiyat
  • O‘zbekistonliklarning o‘rtacha oylik ish haqi ma’lum bo‘ldi
    Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2019 yil yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan korxona va tashkilotlarda ishlovchilarning o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 2092,6 ming so‘mni (ish haqiga ustama, mukofot, rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar, kompensatsiya va ishlanmagan vaqt uchun haq kabi to‘lovlar kiritilgan, shuningdek uning tarkibida jismoniy shaxslar daromad solig‘i va kasaba uyushmasiga to‘lovlar ham mavjud) tashkil etib, 2018 yilning mos davriga nisbatan 30,1 % ga o‘sishni ta’minladi.

    Respublika bo‘yicha 2019 yil yanvar-iyun oylarida 2018 yilning mos davriga nisbatan iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining yuqori o‘sish sur’ati sog‘liqni saqlashda 37,2 %, ta’lim sohasida 35,3 %, bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyatida 31,8 %, sanoatda 23,0 % va qurilishda 22,9 % kuzatildi.

    O‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi ko‘rsatkichini respublika hududlari bo‘yicha ko‘radigan bo‘lsak, ya’ni o‘rtacha oylik ish haqining yuqori miqdori Toshkent shahrida 2971,9 ming so‘mni (respublikadagi o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan 142,0 %), Navoiy viloyatida 2659,5 ming so‘mni (127,1 %) va Toshkent viloyatida 2300,7 ming so‘mni (109,9 %) tashkil etgan bo‘lsa, Samarqand viloyatida 1738,2 ming so‘mni (83,1 %), Surxondaryo viloyatida 1722,8 ming so‘mni (82,3%), Namangan viloyatida 1720,0 ming so‘mni (82,2 %) tashkil etib, boshqa hududlarga nisbatan kam miqdorga ega bo‘lmoqda.

    » » O‘zbekistonliklarning o‘rtacha oylik ish haqi ma’lum bo‘ldi