17:33 / 22.07.2019
4 271

Farg‘onada 2 ta Damas to‘qnashishi oqibatida bir haydovchi voqea joyida halok bo‘ldi (video)

Farg‘onada 2 ta Damas to‘qnashishi oqibatida bir haydovchi voqea joyida halok bo‘ldi (video)
Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumanida 20 yoshli T.M. Damas’ni «Mindonobod» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tuvchi «Farg‘ona—Hamzaobod» avtomobil yo‘lida haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketishi natijasida 60 yoshli E.G‘. boshqaruvidagi yana bir Damas bilan to‘qnashdi.

Farg‘ona viloyati IIB YHXB matbuot xizmatining «Daryo»ga ma’lum qilishicha, hodisa 17 iyul kuni soat 07:00 larda sodir bo‘lgan.

Natijada Damas haydovchisi E.G‘. jarohat olib, voqea joyida vafot etgan, yana bir haydovchi T.M. va 61 yoshli M.O. ismli yo‘lovchi ayol kasalxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada 2 ta Damas to‘qnashishi oqibatida bir haydovchi voqea joyida halok bo‘ldi (video)