18:00 / 22.07.2019
4 122

Turkiyada mototsikl urib yuborgan shaxs O‘zbekiston xalq artisti Zohid Haqnazarov bo‘lib chiqdi

Turkiyada mototsikl urib yuborgan shaxs O‘zbekiston xalq artisti Zohid Haqnazarov bo‘lib chiqdi
18 iyul kuni Antaliyada O‘zbekiston fuqarosi yo‘lni kesib o‘tayotganda mototsikl urib yuborgan va u voqea joyida halok bo‘lgandi.
22 iyul kuni mazkur YTH qurboni O‘zbekiston xalq artisti Zohid Haqnazarov ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Zohid Haqnazarov 1937 yilda Toshkentda tug‘ilgandi. Dirijyor, pedagog, jamoat arbobi. 1978 yilda O‘zbekiston xalq artisti unvoniga sazovor bo‘lgan.

14 yil davomida — 1965 yildan 1979 yilgacha O‘zbek davlat filarmoniyasi simfonik orkestrini boshqargan. Shundan so‘ng Toshkent davlat konservatoriyasi rektori bo‘lgan.

Zohid Haqnazarov muntazam ravishda O‘zbekiston siyosati bo‘yicha maqola, bayonot va ochiq xatlar e’lon qilib borgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Turkiyada mototsikl urib yuborgan shaxs O‘zbekiston xalq artisti Zohid Haqnazarov bo‘lib chiqdi