17:41 / 22.07.2019
2 816

Fuqaroning haqi undirib berildi

Fuqaroning haqi undirib berildi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Olmazor tuman sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor A.Mamajonovdan, undiruvchi Sh.Azimov foydasiga 41 mln. 249 ming so‘m undirish belgilangan edi.

Mazkur ijro hujjati qarzdorning yashash manzili bo‘yicha, ya’ni Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

MIB Yangiyo‘l tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari, ya’ni qarzdorning mol-mulklarini xatlash va chegaradan chiqishni vaqtincha cheklash, tegishli taqiqlarini qo‘yish natijasida, sudning hal qiluv qarori bilan belgilangan qarzdorlik summasi undirib berildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fuqaroning haqi undirib berildi