21:13 / 22.07.2019
2 787

Taniqli murabbiy No‘’mon Hasanov Xitoyga nega bordi?

Taniqli murabbiy No‘’mon Hasanov Xitoyga nega bordi?
Bir necha yil davomida “Qo‘qon-1912” jamoasiga bosh murabbiylik qilgan va birinchi davra oxirlariga yaqin iste’foga chiqarilgan No‘’mon Hasanov ayni paytda hech qayerda ishlayotgani yo‘q.

Uni ikkinchi davrada yana murabbiylik faoliyatiga qaytishini ham kutgandik. Ammo hozircha bunday yangilik kuzatilgani yo‘q. No‘’mon Hasanov esa fursatdan foydalangan holda Xitoyga borib keldi.

Tabiiyki, uning nima uchun Chin yurtiga ketganligini bilish biz uchun qiziq edi. Lekin shu narsa ma’lum bo‘ldiki, No‘’mon Nurmatovich u yerga ish yuzasidan emas, balki ta’tilni o‘tkazish uchun borganini ta’kidladi. Uning qizi Xitoyning Shanxay shahrida ta’lim oladi. Hozirgi yozgi tanaffusdan foydalangan holda Hasanov oilasi bilan birga qizini ko‘rish uchun Shanxayga yo‘l olishgandi. Kuni kecha No‘’mon Nurmatovich oilasi bilan Toshkentga qaytdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Taniqli murabbiy No‘’mon Hasanov Xitoyga nega bordi?