20:45 / 22.07.2019
2 894

“Damas” o‘rindiqlari ostiga yashirilgan 187 million so‘mlik uyali telefonlar fosh qilindi

“Damas” o‘rindiqlari ostiga yashirilgan 187 million so‘mlik uyali telefonlar fosh qilindi
Bojxona xodimlari mamlakatimizga tovar moddiy boyliklarini noqonuniy olib kirish holatlariga o‘z vaqtida chek qo‘yishmoqda.

Jumladan, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan qo‘shni mamlakat bilan chegaradosh xududlarda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yurtimizga tovar moddiy boyliklarni noqonuniy yo‘llar bilan olib kirayotgan qonunbuzarlar faoliyatiga nuqta qo‘yildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Farg‘ona tumanida o‘zining “Damas” rusumli avtomashinasida harakatlanayotgan fuqaro M.X. belgilangan tartibda to‘xtatilib, xolislar ishtirokida tekshiruvdan o‘tkazildi.

Natijada, avtomashina saloni o‘rindiqlari ostida tegishli hujjatlarga ega bo‘lmagan 187,1 million so‘mlik 116 dona uyali aloqa vositalari yashirilganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Damas” o‘rindiqlari ostiga yashirilgan 187 million so‘mlik uyali telefonlar fosh qilindi