00:23 / 23.07.2019
3 456

«DAF» yuk mashinasi ustaxonada yonib ketdi

«DAF» yuk mashinasi ustaxonada yonib ketdi
Foto: Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi
Bugun, 22.07.2019 sanasida, soat 15:40da, Yashnobod tumani, Uysozlar ko‘chasi 7-uyda joylashgan «Shoxrux» avtotransport korxonasining ta’mirlash boksida DAF» rusumli avtopritsep (tyagach) yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabar berib o‘tdi.

Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 15:47da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 15:52da qurshab olinib, soat 15:54da o‘chirilgan. Yong‘in joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.

Yong‘in payvandlash ishlarini olib borishda yong‘in xavfsizligi qoidalari buzilishi oqibatida sodir bo‘lgan, deb tahmin etilmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «DAF» yuk mashinasi ustaxonada yonib ketdi