07:07 / 23.07.2019
2 706

Deputatlar jarimaning 70 foizini to‘lash g‘oyasini ilgari surdi

Deputatlar jarimaning 70 foizini to‘lash g‘oyasini ilgari surdi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.Majlisda “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi muhokamasi munozaralarga boy kechdi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ushbu qonun loyihasi ustida olib borilgan ishlarda ham deputatlar sud ham, qonunlar ham adolat o‘rnatishga xizmat qilishi zarur, degan g‘oyaga suyanib, uni takomiliga yetkazdilar. Loyiha muhokamasi davomida ham uning asl mohiyatini saqlab qolishga harakat qildilar.

Ta’kidlanishicha, shuning uchun ham majlisda ko‘rib chiqilgan qonun loyihalari ichida eng ko‘p ovoz to‘plab qabul qilingan hujjatlardan biri mazkur loyiha bo‘lgan.

Loyiha sud tomonidan jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan sanadan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 70 foizi huquqbuzar tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘langan taqdirda u qolgan summani to‘lashdan ozod etilishini nazarda tutuvchi ma’muriy jarima solish to‘g‘risidagi qarorlarni ijro etishning soddalashtirilgan tartibini joriy etishni nazarda tutadi.

Ma’muriy jarima solish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest keltirilganda, ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida xuddi shunday huquqbuzarlik takroran sodir etilganida qo‘llanilmasligi qayd etib o‘tilgan.

Deputatlarning qayd etishicha, taklif qilinayotgan o‘zgartirishlarning amaliyotda qo‘llanishi fuqarolarni tayinlangan jarimalarni o‘z vaqtida to‘lashga rag‘batlantiradi, ular uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratadi, shuningdek mablag‘lar o‘z vaqtida Davlat byudjetiga kelib tushishini ta’minlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Deputatlar jarimaning 70 foizini to‘lash g‘oyasini ilgari surdi