15:05 / 23.07.2019
3 051

Haj uchun xarajatlar miqdori 5 mln so‘mga arzonlashtirildi

Haj uchun xarajatlar miqdori 5 mln so‘mga arzonlashtirildi
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf majmuasi majlislar zalida “Haj – 2019” mavsumi oldidan OAV uchun brifing tashkil etildi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Unda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Nuriymon Abulhasan “Haj – 2019” mavsumi haqida batafsil ma’lumot berdi.

O‘tgan yillardan farqli ravishda bu yil hojilarimiz safar oldidan O‘zbekistonda bo‘lib turgan paytlaridayoq o‘zlarini ham ma’nan, ham ruhan tayyorlab, ulug‘ safarga munosib bo‘lish maqsadida ijtimoiy ko‘makka muhtoj shaxslar, kam ta’minlangan oilalar va aholi uchun xayriya yordami sifatida o‘z tashabbuslari bilan 9 milliard so‘mdan ziyod moddiy yordam ko‘rsatdi.

Bu yilgi ziyoratchilarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatishni ta’minlash, haj ibodati bilan bog‘liq amallarni tartibli ado etishni yo‘lga qo‘yish maqsadida guruh rahbarlari va ziyoratchilar uchun safaroldi o‘quvlari tashkil etildi.

Joriy yildan e’tiboran Saudiya Arabistonida barcha turdagi xizmatlarga 5 foizlik qo‘shimcha qiymat solig‘i va mehmonxonalarga yana 2,5 foizlik soliq kiritildi. Bu, o‘z navbatida, xizmat ko‘rsatish narxlari oshishiga sabab bo‘ladi. Lekin o‘zbekistonlik har bir ziyoratchi uchun belgilagan xizmatlar narxi oshirilishi o‘rniga, sezilarli darajada tushirildi.

Prezident tashabbusi bilan Haj mavsumi uchun sarf-xarajatlar smetasi bo‘yicha har bir ziyoratchidan olinadigan mablag‘ 33 million 300 ming so‘m etib belgilandi. Ya’ni, narx 5 million so‘mga arzonlashtirildi.

Yana bir muhim yangilik, bu yil o‘zbekistonlik ziyoratchilar Madina shahrida birinchi marotaba “Masjid an-Nabaviy”dan 50 metr uzoqlikda joylashgan besh yulduzli “Pulman zamzam” mehmonxonasiga joylashadi. Makka shahrida esa Haramdan uzoq bo‘lmagan to‘rt yulduzli “Abroj al-Hidoya” mehmonxonasida istiqomat qiladi. Hojilarimiz uchun 24 soat davomida zamonaviy avtobuslar bepul xizmat ko‘rsatadi.

Yurtdoshlarimiz joriy yilning 24 iyul – 3 avgust kunlari Toshkent–Madina, Buxoro–Madina, Samarqand–Madina, Qarshi–Madina, Urganch–Madina, Namangan–Madina Nukus–Madina yo‘nalishlarida haj safariga kuzatiladi. Hojilarimiz 17 avgust – 1 sentyabr kunlari mamlakatga qaytib kelishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Haj uchun xarajatlar miqdori 5 mln so‘mga arzonlashtirildi