21:00 / 23.07.2019
3 417

IIBB: MIB bilan hamkorlikda jarimani belgilangan muddatda to‘lamagan haydovchilar aniqlanmoqda

IIBB: MIB bilan hamkorlikda jarimani belgilangan muddatda to‘lamagan haydovchilar aniqlanmoqda
Joriy yilning 22 iyul kunidan boshlab Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qoshidagi Majburiy ijro byurosi vakillari bilan hamkorlikda YHQni buzib, jarimani belgilangan muddatda to‘lamagan haydovchilarni aniqlashga qaratilgan tadbirlar o‘tkazishni boshlashdi. Bu haqda IIBB xabarida aytiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 291-moddasiga muvofiq (“Transport vositalarini ushlab turish va ko‘rikdan o‘tkazish asoslari va tartibi”), yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima solish haqida qaror chiqarilgan kundan e’tiboran oltmish kun ichida jarima to‘lanmagan taqdirda, transport vositasi ushlab turiladi. Qancha muddatga? Jarima solish to‘g‘risidagi qarorning ijrosi yuzasidan ish yuritish tugaguniga qadar. Bu haqda jarima solish to‘g‘risida qaror chiqargan vakolatli organ rahbari yozma ko‘rsatma beradi.

Shuningdek ma’lum qilinishicha, Toshkent hududida qarzdorlarni avtomatik tarzda aniqlovchi 20 ta “Avtokon” komplekslari ishlamoqda. Shu bilan birga, shaharga kirish/chiqish YPX postlarida ham. Shu munosabat bilan YHQ buzilganlik uchun solingan jarimani o‘z vaqtida to‘lash so‘ralgan.

Qayd etilishicha, vaqtida to‘lanmagan jarima bo‘lsa va siz oilangiz bilan shahar tashqarisiga dam olish uchun ketayotgan bo‘lsangiz, sizni to‘xtatib, avtomobilingizni jarima maydonchasiga joylashtirishadi. YHQni buzganlik uchun jarimani o‘z vaqtida to‘lash tushunmovchilik va kayfiyat buzilishini oldini oladi, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » IIBB: MIB bilan hamkorlikda jarimani belgilangan muddatda to‘lamagan haydovchilar aniqlanmoqda