00:30 / 24.07.2019
3 613

Bilol Erdo‘g‘onning hamrohlaridan biri Xivada azon aytdi (video)

Bilol Erdo‘g‘onning hamrohlaridan biri Xivada azon aytdi (video)
Foto: Xorazm viloyati turizmni rivojlantirish departamenti
Avval xabar berganimizdek, Butunjahon etnosport konfederatsiyasi rahbari Bilol Erdo‘g‘on boshchiligidagi delegatsiya Xorazm viloyatiga keldi.

Joriy yil 6—8 sentyabr kunlari Xivada xalqaro kamondan otish va milliy o‘yinlar festivali o‘tkaziladi.

Mehmonlar mazkur sport festivali o‘tkaziladigan «Ichan-Qal’a» davlat muzey-qo‘riqxonasi hududini ko‘zdan kechirdi. Ko‘hna ark, Pahlavon Mahmud majmuasi, Qozi Kalon madrasasi, Kalta minor yodgorligi va boshqa diqqatga sazovor joylar bilan tanishdi.

Xorazm viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmatiga ko‘ra, mehmonlardan biri — Mexmet Fotih ulug‘ shoir ruboiylaridan ilhomlanib, Pahlavon Mahmud ziyoratgohida azon va baytlar o‘qidi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bilol Erdo‘g‘onning hamrohlaridan biri Xivada azon aytdi (video)