10:02 / 24.07.2019
4 158

Eshak va harom o‘lgan mol go‘shtlarini sotish bilan shug‘ullangan qassoblar qo‘lga olindi

Eshak va harom o‘lgan mol go‘shtlarini sotish bilan shug‘ullangan qassoblar qo‘lga olindi
Eshak va harom o‘lgan mol go‘shtlarini sotish bilan shug‘ullangan karmanalik qassoblar qo‘lga olindi. Mazkur holat Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida joriy yilning 18 iyul kuni aniqlangan. Bu haqda «Navoiy-24 — Navoiy viloyati yangiliklari» xabar bermoqda.

Ya’ni, 1972 yilda Karmana tumanda tug‘ilgan, mazkur tumanning Ali Qushchi ko‘chasida yashovchi B.U. ismli shaxs va uning 1996 yilda tug‘ilgan o‘g‘li B.F. ismli fuqaro, Toshkent ko‘chasida yashovchi A.B.lar jinoiy til biriktirib, iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotlarini Navoiy shahar «Tinchlik» qo‘rg‘onda joylashgan «Navoiy Agro Myat» xususiy korxonasi binosi yonida F.T. ismli boshqa bir shaxsga 1 million 239 ming so‘mga sotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Ulardan jami 1 tonna 727 kilogramm mahsulot olib qo‘yilgan. Bundan tashqari, B.M. Navoiy viloyati Hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi bilan o‘zaro til biriktirib, g‘arazgo‘ylik va boshqa manfaatlarni ko‘zlab, iste’molchilarning hayoti va sog‘ligi xavfsizligi talablariga javob bermaydigan jami 892 kilogramm hayvon go‘shti mahsulotlarining iste’molga yaroqliligi haqida rasmiy hujjat hisoblangan hujjat berish evaziga F.T.dan 1 million so‘m olganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan yuqoridagi fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respulikasi Jinoyat kodeksining 209-moddasi (Mansab soxtakorligi), 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Eshak va harom o‘lgan mol go‘shtlarini sotish bilan shug‘ullangan qassoblar qo‘lga olindi