10:20 / 24.07.2019
3 047

O‘zbekiston Prezidenti bugun 62 yoshga to‘ldi. Ekspertlar uning 10 ta eng muhim tashabbusini aniqladi

O‘zbekiston Prezidenti bugun 62 yoshga to‘ldi. Ekspertlar uning 10 ta eng muhim tashabbusini aniqladi
Foto: «Yuksalish» umummilliy harakati
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalarini keng jamoatchilikka yetkazish hamda jamiyat hayotini ijobiy tomonga o‘zgartira olgan tashabbuslar haqidagi fikrlarni o‘rganish maqsadida «Yuksalish» umummilliy harakati tomonidan ekspertlik so‘rovi o‘tkazildi.

Buning uchun tajribali iqtisodchilar, siyosiy sharhlovchilar, yetuk olimlar, madaniyat arboblari, nufuzli jurnalistlar, huquq himoyachilari hamda mustaqil tadqiqotchilardan iborat 100 nafar mahalliy va xorijiy ekspertlar bazasi shakllantirildi.

Turli soha mutaxassislariga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilgan muhim tashabbuslar ro‘yxati taqdim etilib, ulardan fuqarolar olqishiga sazovor bo‘lgan va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lganlarini belgilash so‘raldi.

So‘rov natijasiga ko‘ra, mustaqil ekspertlar tomonidan Prezident Shavkat Mirziyoyevning tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan TOP-10 ta eng muhim tashabbuslari ro‘yxati tuzildi.

Unga ko‘ra, eng muhim tashabbus deya yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari, chegaralarning ochilishi va nazorat-kiritish punktlarining tashkil etilishi, Markaziy Osiyo davlatlari bilan barcha masalalar bo‘yicha konstruktiv muloqot o‘rnatilgani e’tirof etildi — 96 ta ovoz;

Ro‘yxatning keyingi o‘rinlaridan quyidagi tashabbuslar joy oldi:

2. Valyuta bozorining erkinlashtirilishi, naqd pul bilan bog‘liq muammolarning bartaraf etilishi — 90 ta ovoz;
3. Majburiy mehnat, shu jumladan bolalar mehnatiga barham berilishi — 79 ta ovoz;
4. Oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarining oshirilishi, milliy va xorijiy universitetlar filiallarining ochilishi — 78 ta ovoz;
5. Ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi, muhim hukumat qarorlari qabul qilinishidagi rolining oshirilishi — 69 ta ovoz;
6. Prezidentning Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalarining joriy etilishi — 63 ta ovoz;
7. Huquqni muhofaza qilish organlari va qurolli kuchlar tizimini isloh qilinishi — 61 ta ovoz;
8. Soliq islohotlari, tadbirkorlik sub’ektlari uchun soliq yukining kamaytirilishi, tadbirkorlar uchun soliq ta’tilining e’lon qilinishi — 59 ta ovoz;
9. Davlat xizmatlari tizimini rivojlantirish, ularning sifati va samaradorligini bosqichma-bosqich oshirish — 58 ta ovoz;
10. Mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlanishi bo‘yicha chora-tadbirlar, Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha xalqaro muloqotning kuchaytirilishi — 57 ta ovoz.

P.S. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 24 iyul kuni 62 yoshga to‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston Prezidenti bugun 62 yoshga to‘ldi. Ekspertlar uning 10 ta eng muhim tashabbusini aniqladi